Vanadiy rudalari
Vanadiy rudalari – tarkibida vanadiy bo’lgan mineral hosilalar. Vanadiyning miqdori ishlab chiqarishning hozirgi talablariga javob beradigan va undan foydalanish iqtisodiy jihatdan fonda keltiradigan rudalar. Asosiy minerallari vanadinit, dekluazit, kuprodekluazit, karnotit, roskoelit. Titanomagnetit, magnetit, rutil va ilmenit rudali minerallarda qo’shimcha holida uchraydi. Konlari magmatik, kontakt-metasomatik va gidrotermal. RF, JAR, AQSh, Kanada, Shvesiya, Finlyandiya, Namibiya, Zambiyada yirik konlari bor.