VANIL

VANIL — tropik mamlakatlarda o’sadigan Vanilla o’simligi mevasi (qo’zog’i) dopini maxsus fermeitatsiyalash usuli bilan olinadigan o’tkir xushbo’y modda, ziravor. Rangi oq, kukun holida ishlab chiqariladi. Murabbo, tort, muzqaymoq, kisel va boshqalar tayyorlashda oz miqdorda (uy sharoitida “pichoq uchida”) Vanil qo’shib mahsulotning ta’mini yaxshilash va xushbo’y qilishda ishlatiladi.