Vanj

Vanj — Tojikiston Respublikasi tog’li Badaxshon Muxtor viloyatidagi daryo. Panj daryosining o’ng irmog’i. Uzunligi 103 kilometr, havzasining maydoni 2070 km2. Vanj, Yazg’ulom va Fanlar Akademiyasi tizmalaridagi doimiy qor va muzliklardan boshlanadi. Ikki irmoqning qo’shilishidan hosil bo’ladi: ulardan chap irmoq Vanj tizmasining shimoliy yon bag’rida 5500 metr balandliqdagi muzlikdan, o’ng irmoq Fanlar Akademiyasi tizmasi g’arbiy yon bag’ridagi muzlikdan boshlanadi. G’arbiy Pomir tog’lari, Vaij va Darvoz tizmalari orasidan oqib o’tadi. Vanjga Vanj va Darvoz tizmalaridan ham juda ko’p sersuv soylar keladi. Vanj 5-6 oy to’lib oqadi, eng ko’p suv sarfi iyul—avgust, eng kam suv sarfi qish oylariga to’g’ri keladi. O’rtacha suv sarfi 50 m3/sek. Vanjda GES qurilgan.