Vant-Goff (Van’t Hofl ) Yakob Xen-drik
Vant-Goff (Van’t Hofl ) Yakob Xen-drik (1852.30.8, Rotterdam -1911.1.3, Berlin) — golland kimyogari, fizik kimyo va stereokimyo asoschilaridan biri. Peterburg faning xorijiy muxbir a’zosi (1895 yildan). Amsterdam (1878 yildan) va Berlin (1896 yildan) universitetlarining professori. 1874-75 yillarda uglerod atomining to’rttala valent kuchlari tetraedrning uchlariga yo’nalgan degan fikrni olg’a surdi va organik birikmalarning molekulalarida atomlarning fazoviy joylashuv nazariyasini birinchi bo’lib bayon etdi. Vant-Goff kimyoviy reaktsiyalarning kinetikasi va termodinamikasi, suyultirilgan eritmalar nazariyasi sohasida yirik ishlar qildi. 1885-87 yillarda gaz qonunlarini suyultirilgan eritmalarga tatbiq qilish mumkinligini isbot etdi, eritmalardagi osmotik bosim qonunini ta’riflab berdi (1887), bu qonun Vant-Goff qonuni deb ataladi. Vant-Goff suv-tuz sistemalaridagi muvozanatni tadqiq etdi. Nobel mukofotining 1-laureati (1901).