Varaqi
Varaqi — xamir, go’sht va piyozdan tayyorlanadigan taom. Yupqa (1-2 millimetr) yoyilgan xamir yuzasiga yog’ surkab, eni 7-8 santimetrli tasmalar kesiladi. Tasmalardan 3-4 tasi ustma-ust qo’yilib, eni 7-8 santimetr qilib kesiladi va 3-4 qavatli jildlar hosil bo’ladi. Har bir jild o’rtasi jo’va bilan nafisroq yoyiladi. Yog’da qovurib olingan qiyma jildlarni buklab tug’iladi va qizarguncha yog’da qovuriladi. Varaqini tandir varaqi somsa turi ham bor. U ham shu tarzda tayyorlanadi, faqat somsa kabi tandirga yopib yoki duxovkada pishiriladi.