Varaqisimonlik
Varaqisimonlik – tog’jinslarining parallel yupqa qatlamlar hosil qilib joylashishi. Zarb bilan urganda qatlamlar parallel tekisliklar bo’yicha ajralib ketadi. Varaqisimonlik mexanik tog’jinslari anizotropiyasi bo’lib dinamometamorfizm jarayonida tog’jinslaridagi plastinkasimon va cho’ziq minerallar (slyudalar, rogovaya obmanka, xloritlar) ni qayta kristallanishi va aylanishi natijasida bir xil orientirda joylashadi. Varaqisimonlik regional (katta maydonlarda) va mahalliy (tektonik yoriqlar bo’ylab siljishlar natijasida) bo’ladi. Varaqisimonlik ko’pincha burmalanish paytida vujudga keladi. Odatda Varaqisimonlik burma o’qdari tekisligiga subparallel yo’nalgan. Shuningdek, Varaqisimonlik klivajla hosil bo’lishi mumkin, bunda siqilish o’qiga perpendikulyar bo’lgan tekislikda kristallar yassilanib, jins yassi parallel yo’nalgan ichki tuzilishga ega bo’ladi. Slaneslar uchun xarakterli. Ba’zi bir geologlar Varaqisimonlikni klivajning sinonimi deb hisoblaydilar.