Varaxsha qal’a xarobasi haqida eshitganmisiz?

Varaxsha qal’a xarobasi haqida eshitganmisiz? – Buxoro shahridan qirq kilometr g’arbda, hozir cho’l bo’lib yotgan qadim Rajfandun yoki Rahfandun vohasidagi qal’a xarobasi. Varaxsha xarobalari atrofida topilgan buyumlar bu yerda tosh davri (eramizdan oldingi ming yillik) va undan keyingi davrlarda ham odamlar yashaganidan dalolat beradi. Qadimgi tarixiy asarlarda bu nomning afraxsha, baraxsha, faraxsha shakllari ham uchraydi. Toponimning birinchi qismi var “qo’rg’on, qal’a” degan ma’noni bildiradi. Ikkinchi qismi biror qabila bo’lishi mumkin. Balki axsha yoki axis qabilasi nomidir. Binobarin, toponim axis (“axshi”)lar qo’rg’oni yoki qal’asi demakdir.

Leave a Reply