Varburg apparati

Varburg apparati – bosim va temperatura o’zgarmay turadigan sharoitda oz miqdordagi gazni aniqlash uchun mo’ljallangan qurilma; respirator. Gaz ajraladigan yoki yutiladigan jarayonlar — bijgish, ayrim fermentativ reaktsiyalar va boshqalarda yuz beradigan jarayonlarni o’rganishda qo’llaniladi. Nemis fiziologi O. G. Varburg nomi bilan atalgan. Varburg apparatining asosiy qismi manometrga biriktirilgan 12— 14 ta shisha idishchalardan iborat. Idishchalarga bufer-tuzli muhitda maydalangan to’qima yoki to’qima fraktsiyalari va boshqalar sinaladigan ob’yekt solinadi. Idishchalar suvli vannaga botirib qo’yiladi. Vannada termorostlagich va tebranuvchi mexanizm bo’ladi. Ajralayotgan yoki yutilayotgan gaz miqdor shianometi ko’rsatishlariga qarab aniqlanadi.