Varburg (Warburg) Otto Genrix

Varburg (Warburg) Otto Genrix (1883.8.10—1970.1.8) — nemis biokimyogari va fiziologi. London Qirollik jamiyati a’zosi. Berlindagi hujayra fiziologiyasi instituti direktori (1930 yildan). Asosiy ishlari tirik hujayrada sodir bo’ladigan oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, fermentlar ta’sirida hujayraning nafas olishini o’rganishga bag’ishlangan. Flavin moddasini kashf etgan (1932), Flavin-adenindinukleotid (FAD, 1938) va nikotinamidadenindinu- kleotid (NAD) tuzilishini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1931).