Variator
Variator (lotincha vario — o’zgartiraman) — yuritma (harakatlantirgich) bilan ish bajaruvchi mexanizm orasidagi uzatish nisbatini bir tekis o’zgartiradigan qurilma. Pog’onasiz uzatma Variatorning asosiy qismi hisoblanadi. Turli sharoitlarda mashina va mexanizmlarning maqbul (optimal) tezliklarda ishlashini ta’minlaydi. Masalan, metropoliten eskalatorlarida Variator yordamida dasta bilan zinalarning xarakat tezliklari baravarlashtiriladi (eskalatorda ketayotganingizda qo’lingizni dastaga qo’yib tursangiz, dasta zinalarga nisbatan tezroq surilayotganligini sezasiz. Bu hol Variatorning yaxshi ishlamayotganligini bildiradi). Variatorning mexanik sirti ikkinchisining yon tomoniga tegib harakat qiladigan ikkita DiEKdan iborat friktsion uzatmadir. Etaklanuvchi (vertikal) valning harakatini o’zgartirish uchun birinchi disk o’z o’qida suriladi. Variator mashina, mexanizmlarda, kimyo, to’qimachilik sanoati va transportda ishlatiladi.