VARNALAR
VARNALAR (sanskritcha, sifat, rang) — qadimgi Hindistondagi to’rt asosiy tabaqa. Jamiyatda brahman va kshatri tabaqalari yuqori mavqeni egallashgan. Mehnatkash xalq vayshilar va shudrlar Varnalarga mansub bo’lib, ularning mavqei pastroq hisoblangan. Varnalarga mansub bo’lmaganlar aholining eng quyi, xo’rlangan, huquqsiz qismini tashkil etgan.