Vasilenko Sergey Nikiforovich

Vasilenko Sergey Nikiforovich [1872.18 (zo).Z – Moskva – 1956.11.3] -rus kompozitori, dirijyori. O’zbekistan (1939) va Rossiya (1940) xalq artisti, san’atshunoslik fanlari Doktori (1943). Moskva universiteti yuridik fakultetini (1896) va Moskva konservatoriyasini (1901) tamomlagan. 1906— 50 yillari Moskva konservatoriyasida (1907 yildan professor lavozimida) ishlagan. 6 opera, bir qancha baletlar, 5 simfoniya, turli cholg’ular uchun 8 kontsert, poema, rapsodiya, cholg’u ansambllari, ko’shiq va xorlar, 200 dan ortiq romanslar, teatr va kino musiqalari muallifi. Ijodida Sharq mavzulariga murojaat etgan: 2 “Xitoy syuitasi” (1928, 1931), “Turkman manzaralari” (1931), “Sovet sharqi” (1932) simfonik asarlari, R. Tagor she’rlariga “6 ta hind romansi” va boshqalar. Uning M. Ashrafiy bilan hamkorliqda yaratgan “bo’ron” (1939) va “Buyuk kanal” (1941) operalari, o’zbek xalq afsonalari asosida yozgan “Oqbilak” baleti (1943), simfonik orkestr uchun “O’zbekcha syuitasi”, puflama sozlar orkestri uchun 2 “O’zbekcha marshi” O’zbekiston kompozitorlik maktabi yuzaga kelishida muxim rol o’ynagan.