Vasilevskaya Vanda Lvovna
Vasilevskaya Vanda Lvovna (1905.21.1, Krakov – 1964.29.7, Kiyev) — polyak va rus yozuvchisi, jamoat arbobi. Polyak tilida yozgan. Krakov universitetini tugatgan (1927). “Shu kunning qiyofasi” (1934) qissasi, “Vatan” (1935) romanida ishchi va dehqonlarning 20-asr boshlaridagi hayoti, 2-jahon urushidagi xalq qahramonliklari madh etilgan. Vasilevskaya “Kamalak” (1942), “chin muhabbat” (1944), “Chiroq yonganda” (1946). “Hayot-mamot kurashida” (1958) qissalari, “suv uzra qo’shiq” trilogiyasi (“botqoqlikdagi olov”, 1940; “kuldagi yulduzlar” 1946; “Daryolar yonmokda”, 1951) kabi asarlar muallifi. “Chin muhabbat” asarini Asqad Muxtor o’zbek tiliga tarjima qilgan (1947).