VASIYLIKDAGI HUDUDLAR

VASIYLIKDAGI HUDUDLAR — ikkinchi jahon urushi tugagach, BMT vasiyligi xalqaro tizimiga kiritilgan hududlar. U BMT Ustavida nazarda tutilgan (75-91- moddalar). Vasiylikdagi hududlar asosan Millatlar Ittifoqining sobiq vakolat ostidagi hududlari yoki mustamlakalar bo’lib, avvalo Germaniya va ittifoqchilarining Afrikadagi mustamlakalari (Kamerun, Ruanda, Burundi, Somali, Tanzaniya, Janubiy-G‗arbiy Afrika) va Tinch okeandagi orollar (G’arbiy Samoa, Nauru, Yangi Gvineya, Mariana, Marshall va Karolina)dir. Ularda 20 mln.ga yaqin aholi yashagan. BMT roziligi bilan va BMT Vasiylik kengashi nazorati ostida ularni boshqarishni sobiq mustamlakachi davlatlar — Buyuk Britaniya, Belgiya, Fransiya, shuningdek, BMT qaroriga ko’ra, Italiya (Somali ustidan) o’z qo’liga olgan. Bundan tashqari, BMT Xavfsizlik Kengashi 1947-yil Karolina, Mariana va Marshall orollarini ―strategik hudud sifatida (BMT Ustavi 82- moddasi) AQSH boshqaruviga bergan. 1997-yilga kelib barcha Vasiylikdagi hududlarlar mustaqillikka ega bo’ldi.