Vasliy
Vasliy (taxallusi; asl ismi Sayd Axmad usta Azim o’g’li) (1870 — Samarqand — 1925.29.10) — o’zbek va tojik shoiri, ma’rifatparvari. Toshkent (1883-91) va Buxorodagi (1893-1902) Ko’kaldosh madrasalarida o’qigan. Buxoroda (1903-09), Samarqanddagi Orifjonboy va Qusam ibn Abbos madrasalarida mudarrislik qilgan (1909-17). Ulug’bek madrasasida yangicha usul maktablari uchun muallimlar tayyorlash kursida dars bergan, adabiy to’garak ochib, unga homiylik qilgan (1918-22). Vasliy milliy matbuotning shakllanishida faol qatnashgan. Maqola va she’rlari maorifni isloh qilish, millat ravnaqi kabi masalalarga bag’ishlangan. Vasliy ijodiy merosidan 12000 misra she’r va “Armug’oni do’ston” (1909), “asos ul-Islom” (1904), “Tuhfat ul-ahbob” (1912), “ta’lim va bildurmakning foydaluv o’lmoqi” (1914) kabi 25 risolasi yetib kelgan. As: Imom A’zam tarixi, T., 1995.