Veber

Veber — aka-uka nemis olimlari; 1) Ernst Genrix (1795-1878) – nemis anatomi va fiziologi. Leypsig universiteti professor (1818). Eksperimental psixologiya asoschilaridan biri. Sezgi a’zolari (eshitish, ko’rish, teri sezgilari) fiziologiyasi sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari Veber-Fexner qonuniga asos bo’ldi; 2) Vilgelm Eduard (1804— 1891) — nemis fizigi. Peterburg Fanlar Akademiyasi xorijiy muxbir a’zosi (1863). Ilmiy ishlari elektr va Magnetizm hodisalariga oid; K. F. Gauss bilan hamkorlikda elektr va magnit birliklari mutlaq tizimini ishlab chiqqan. Magnit oqimining birligi uning nomi bilan ataladi. Veber elektr zaryadi va modda elektr tuzilishi uzluklilik xarakteriga ega ekanligi haqidagi gipoteza mualliflaridan biri. Harakatdagi zaryadlarning o’zaro ta’sir qonunini kashf qilgan. Bir qancha o’lchov asboblarini (masalan, magnit induktsiyasi oqimini o’lchaydigan asbobni) yasagan, Germaniyadagi birinchi telegrafii qurgan (1833); 3) Eduard (1806- 1871) -fiziolog. Muskulning kuchi uning ko’ndalang kesim yuzasiga teng ekanligini, tomir urishi to’lqinlarining tarqalish tezligini aniqlagan.