Veber-Fexner qonuni

Veber-Fexner qonuni – psixofizikaning asosiy qonuni, nemis fiziologi va Anatomi E. G. Veber ochgan (1834) va fizik G. T. Fexner uni rivojlantirgan. Bu qonunga asosan, bir-biriga yaqin bo’lgan ikki ta’sirotni farq qilish faqat ta’sirot kuchiga emas, balki reseptorlar (masalan, teridagi bosim sezuvchi hujayralar) ning zich va siyrakligiga, Markaziy nerv sistemasining funktsional holatiga ham bog’liq. Veber-Fexner qonuniga ko’ra ta’sirot kuchi geometrik progressiya (1, 2, 4, 8, 16 va hokazolar) bilan oshsa, sezgi kuchi arifmetik progressiya (1, 2, 3, 4, 5 va hokazolar) bilan oshadi. Lekin ta’sirot juda kuchsiz yoki juda kuchli bo’lganda Veber-Fexner qonuni aytarli to’g’ri kelmasligi keyingi tadqiqotlarda aniqlandi.