Velosiped sporti
Velosiped sporti – velosiped bilan trek, shosse, past-baland joyda poyga qilish, shuningdek figurali yurish, velobol va velopolo musobaqalari. Yevropada 1860-yillarda paydo bo’lgan. 1896 yildan Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilgan; 1893 yildan trekda, 1921 yildan shosseda, 1929 yildan yopiq binolarda, 1950 yildan Kross bo’yicha jahon birinchiliklari o’tkaziladi. Xalqaro velosipedchilar uyushmasiga (UCI; 1900 y. asos solingan) 152 mamlakat a’zo. 1997 yil O’zbekistan Velosiped sporti federatsiyasi qayta tashkil qilindi. Shu yili Velosiped sportidan 6 xalqaro sport ustasi tayyorlandi. O’zbekistonda yetishib chiqqan M. Kolyushee, Sh. Zaxriddinov, A. Jamoliddinov, F. Galiullina va boshqa jahon birinchiligi uchun o’tkazilgan poygalarning g’oliblaridir.