Venepunktsiya

Venepunktsiya (venalar va lotincha punctio — sanchish) — diagnostika (kontrast modda yuborib rentgen qilish) yoki davolash (dori yuborish) maqsadida vena qon tomiriga Nina sanchish. Agar venaga punktsiya orqali kateter qo’yilsa, bir necha kungacha dori yuborib turish ham mumkin. Ko’pincha o’mrov osti va uyqu venalari punktsiya qilinadi. Juda zarur hollardagina (ahvoli og’ir bemorga surunkasiga va ko’p miqdorda qon va boshqa suyuq dorilar yuborish lozim bo’lganda) Venepunktsiya qilish tavsiya etiladi, aks holda punktsiya qilingan joy va atrofidagi a’zolarning shikastlanishi, venaning yallig’lanishi — flebit, tromboflebit, tromboemboliya kabi asoratlar ro’y berishi mumkin.