Venesianov Aleksey Gavrilovich
Venesianov Aleksey Gavrilovich [1780.7 (18). 2 – Moskva – 1847. 4(16). 12] — rassom, rus tasviriy san’atida maishiy janr asoschilaridan. Dastlab ishqiy munosabatlarni madh etuvchi lirik portretlar yaratdi. Ayniqsa, uning ijodida dehqonlar hayoti aks etgan va rus tabiati go’zalligi nozik did bilan ifodalangan asarlar alohida o’rin tutadi. “Shudgorda. Bahor”, “dehqon cholning boshi”, “Zaxarka”, “lavlagi tozalash” va boshqa shular jumlasidan. U ko’p asarlarini natura (borliqning o’ziga qarab chizish) dan ishlagan.