Vergul

Vergul (Fransuzcha vergul) — tinish belgisi (,). Eng ko’p qo’llanadigan tinish belgilar jumlasiga kiradi. Qo’llanish o’rni, shakli turli davrlarda va turli tillarga oid yozuvlarda turlicha bo’lgan. O’zbek tilida Vergul teskari pesh, pesh, yarim turish, yarim tinish kabi nomlar bilan ham yuritilgan. Vergul dastlab qisqa pauza uchun ishlatilgan, keyinchalik uning qo’llanish doirasi va vazifasi kengaygan. O’zbek tilida Vergul uyushiq (Sen kuychi, Paxtakor, olim…) va ajratilgan bo’laklarni (Azizga, sobiq talabaga, bu so’z yoqmadi), kirish (lekin, menimcha haqsiz) va kiritma konstruktsiyalarni (Yolg’iz borishga, ochig’ini aytsam, yuragim dov bermadi), undalma (azizlar, bir oz sabr qilamiz) va undov so’zlarni (Hoy, nima qilyapsan?), “ha”, “yo’q”, “xo’p”, “qani”… kabi so’zlarni, nutqda takrorlangan so’zlarni, bog’lovchisiz va murakkab qo’shma ran tarkibidagi gaplarni (Kun botib, osmon qoraygan), muallif gapini ko’chirma nutqdan ajratish (bugun men kelolmayman, — dedi u) uchun ishlatiladi. Vergul qavs, qo’shtirnoq bilan qo’llanganda ulardan keyin, tire bilan qo’llanganda undan oldin qo’yiladi, ko’p nuqta bilan kelganda tushib qoladi.