VERIFIKATSIYA
VERIFIKATSIYA (lot. verus – haqiqiy va facio – bajaraman) — fanning nazariy qoidalarini kuzatilayotgan ob‘yektlar, hissiy ma‘lumotlar, eksperimentlarga taqqoslash yo’li bilan ularni tekshirish, tajribaviy tasdiqlash tushuniladi. Verifikatsiya qoidasi mantitsiy pozitivizmning asosiy tushunchalaridan bo’lib, tajriba asosida bevosita tekshirib ko’rilmagan ilmiy dalillarning bilish ahamiyatini inkor etadi. Hozirgi zamon mantiqqa oid uslubiy adabiyotlarda oddiy ―verifikatsionizmga nisbatan keskin tanqidiy munosabat mavjud bo’lib, Verifikatsiyaga ilmiy bilim rivojlanishining murakkab ziddiyatli jarayoni sifatida, bir-biri bilan kelishmaydigan nazariyalar va ularning tajribada olingan ma‘lumotlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar natijasi sifatida qaralmoqda. Respondent xabar beradigan ma‘lumotlarning aniqligini o’lchash uchun zarur dalillarni to’plash, olish jarayonini ifodalaydi.