Verona

Verona — Italiyaning shimoli- sharqidagi shahar, Venesiya viloyatida. Alp tog’lari etagida, Adije daryosi bo’yida. Verona provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 260 mingdan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Venetsiyadan Milanga va Padana tekisligidan Avstriyaga Brenner dovoni orqali o’tiladigan muhim transport yullari tuguni. Metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, poligrafiya, to’qimachilik, poyabzal, yog’ochsozlik, qog’oz, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Veronada xalqaro qishloq xo’jalik yarmarkalari bulib turadi. Industrial institut, universitet, muzeylar, san’at galereyasi bor. Verona — qadimgi shahar. Miloddan avvalgi 89 yildan Rim koloniyasi, 489 yildan ostgotlar qirolining qarorgohi. 1837 yildan Milanga, 1405 yilda Venetsiyaga qo’shib olingan. 1797 yildan Avstriya tarkibiga, 1866 yildan Italiya qirolligi tarkibiga kirgan. Veronada qadimgi Rim me’moriy yodgorliklari, o’rta asrda qurilgan binolar, Uyg’onish davriga oid saroylar, klassik uslubda qurilgan shahar boshqarmasi (ratusha) binosi va boshqalar saqlangan.