Veroneze
Veroneze (Veronese) Paolo (haqiqiy ismi Kalyari, Caliari) (1528, Verona — 1588. 19.4, Venetsiya) — Uyg’onish davri italyan rassomi. Monumental bezak, rangtasvir ustasi. Venetsiya maktabi vakili. Veroneze ijodi (asarlari, namoyon va dastxatlari) tantanavor ruhdagi ijrosi, me’morlik bilan uzviy bog’liqligi, mujassamotlarining kengligi, yorqin tovlanuvchi kumush rangning ustunligi bilan ajralib turadi. Shuningdek uning asarlaridan diniy mavzular, qadimgi Rim oqsuyaklarining dabdabali hayoti ham keng o’rin olgan. Kartina va devoriy rasmlarida atlas, zarbof va shoyi libos kiygan zabardast va go’zal kishilar ifodalangan. Rassom ularni imorat va moviy osmon fonida tasvirlaydi: Mazerdagi Barbarovolpi villasidagi freskalar, “Kanidagi nikoh” (1563, Luvr), “Kuchchin va avliyolar bilan turgan Madonna” (1570), “Venetsiya zafari” (1578-85), “Agar va Ismoil sahroda”(1580 yillar), “Iso payg’ambarga motam tutish” (1580 yillar) va boshqalar.