Vestfal florasi
Vestfal florasi – Angliya, Frantsiya, Germaniya, Belgiya va Dones havzasi hududlarida karbon davrida tarqalgan flora. Karbon davrida bu hududlar yer sharining issiq va nam tropik qismi bo’lgan. Dastavval Vestfal florasi, asosan, qadimgi paleozoy qirqquloqlilari, ponabarglilari va pteridospermlari kabi o’simliklardan iborat bo’lgan. Keyinchalik Vestfal florasining tarkibi va joylashgan maydoni kengaya borgan. O’zbekistonda Bo’kantov, Oloy va Turkiston tog’larining o’rta karbon qatlamlaridan Vestfal florasining qoldiqlari topilgan. O’zbekistondagi Vestfal florasining tarkibi lepidodendron, stigmariyalarga o’xshash o’simliklar bilan boyigan. Demak Vestfal florasining qoldiqlari topilgan O’zbekiston hududi karbon davrida yer sharining issiq va nam qismi bo’lgan.