Vestfaliya
Vestfaliya (Westfalen) — Germaniyadagi Reyn va Vezer daryolari oralig’idagi tarixiy viloyat. Ilk o’rta asrlarda sakslarnnnt g’arbiy tarmog’i bo’lgan Vestfal qabilalari yashagan hudud. 1807 yilda Napoleon I markazi Kassel shahri bo’lgan Vestfal qirolligini (1807— 13) tuzgan. 1815-1945 yillarda Prussiya viloyati (markazi — Myunster), 1946 yildan shimoliy Reyn-Vestfaliya yerining bir qismi.