Vetluga

Vetluga — Rossiya Federatsiyasining Yevropa qismi markazidagi daryo, Volganing yirik chap irmog’i. Uzunligi 889 kilometr, havzasining maydoni 39,4 ming km2. Asosan qor suvlaridan to’yinadi. Noyabr boshlaridan aprel o’rtalarigacha muzlaydi. Vetlugada yog’och oqiziladi. Quyilish joyida o’rtacha suv sarfi 255 m3/sek. Quyilish joyidan 700 km masofada kema qatnaydi. Sohilida Vetluga shahri joylashgan.