Veymar

Veymar — Germaniyadagi shahar, Tyuringiya yerida. Ilm daryosi bo’yida (Elba havzasi). Aholisi 60 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Transport yo’llari tuguni. Kombayn, aniq o’lchov asboblari zavodi, poligrafiya korxonalari bor; kimyo, qog’oz, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Shahar ilk bor 975 yildan tilga olingan. 1573 yildan gersoglik, 1815 yildan Saksen-Veymar-Eyzenax Buyuk gersogligining (1918 yilgacha) bosh shahri. 18-asr 2-yarmi — 19-asr boshlarida Germaniya maorifi markazi. F. List nomidagi konservatoriya, pedagogika instituti; Gyote milliy muzeyi, Shiller uy-muzeyi, Milliy teatr bor. 16-18-asrlarda qurilgan me’moriy yodgorliklar saqlangan: Gersog saroyi (1790-1803 yillarda qayta qurilgan). Belveder saroyi (1726-32), me’moriy va qurilish oliy maktabi (1904-07) va boshqalar. 2-jahon urushi yillarida Veymar yaqinida eng yirik konslagerlardan biri buxenvald barpo etilgan edi. V.Dai. S (1703 va 1708-17), K. M. Viland (1772-1813), I. V. Gyote (1775-1832), I. G. Gerder (1776-1803), I. F. Shiller (1799- 1805), F. List (1848-61) yashaganlar va ijod qilganlar.