Vez aliy (Vesalius) Andrey

Vez aliy (Vesalius) Andrey (1514.31.12, Bryussel – 1564.15.10, Zante) — Uyg’onish davri tabiatshunosi va hozirgi zamon anatomiyasi asoschisi. 1539 yildan Paduya universitetida professor. Anatomiyani o’qitishda birinchi bo’lib o’likni yorish usulini qo’llagan. Vez aliy “Odam tanasining tuzilishi haqida” nomli asarida (1543), o’zining tadqiqot ma’lumotlariga asoslanib, odam tanasining tuzilishini ilmiy izoxlab bergan. Vez aliy kashfiyoti Garveynmng qon aylanish doirasini o’rganishiga zamin bo’ldi. Vez aliy anatomiyani o’rganishning yangi usulini ishlab chiqqanligi uchun cherkov tomonidan ta’qib qilingan.