Vezdexod

Vezdexod (ruscha— barcha yerda yura oladi) — notekis yo’llar, botqoqliklar, qorli va boshqalar yurish qiyin bo’lgan joylarda yura oladigan relssiz transport vositasi. Vezdexod, odatda, maxsus shinali, pnevmog’altakli, gusenisa yuritmali (zanjirli) avtomobillardan iborat bo’ladi. Transmissiyasiga qo’shimcha uzatish qutisi yoki tortish kuchiii oshirishga imkon beradigan mexanizmlar qo’yiladi.