Vezer

Vezer — Germaniya shimoldagi daryo, Shimoliy dengizga quyiladi. Verra va Fulda daryolarining Myunden shahri yonida qo’shilishidan hosil bo’lgan. Uzunligi 440 kilometr (irmog’i Verra boshidan hisoblaganda 724 kilometr); eng katta irmog’i — aller. Havzasining maydoni 46 ming km2. Qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Bahorda toshadi. O’rtacha yillik suv sarfi quyi oqimida 312 m3/sek. Kichikroq GESlar qurilgan. Quyilish joyidan yuqoriga tomon kema 529 kilometr masofada (Kassel shahrigacha), dengiz kemalari esa Bremen shahrigacha qatnay oladi. Elba va EMS daryolari bilan kanallar orqali bog’langan. Daryo bo’yida yirik dengiz porti Bremerxafen joylashgan.