Vezuviy
Vezuviy — Yevropaning materik qismidagi so’nmagan yagona vulkan. Apennin yarim orolida, Neapol shahri yaqinida (Janubiy Italiya). 3 konus hosil qilgan. Ichki, eng kattasi va yoshi Vezuviy bo’lib, balandligi 1277 metr. Krateridan va yangi oqib chiqqan lava orasidan temperaturasi 400° li suv bug’lari va gazlar chiqib turadi. Vezuviy otilganda bazaltli lava oqib chiqadi. Ana shu paytlarda ko’pincha momaqaldiroq bo’lib, jala quyadi; yomg’ir suvi kul bilan aralashib sel hosil qiladi. Milodiy 79 yilda Pompey, Gerkulanum va Stabiya shaharlari shunday oqim ostida qolib ketgan. Vezuviy 1631, 1794, 1822, 1906 va 1944 yillarda, oxirgi marta esa 1957-59 yillarda otilgan. 1842 yilda 608 metr balandlikda vulkanologiya rasadxonasi qurilgan. 800 metr balandlikkacha bog’, tokzor, qarag’ayzorlar bor. Turizm rivojlangan.