Vidoiy
Vidoiy (?, Kattaqo’rg’on -?) — o’zbek shoiri. 19-asr Kattaqo’rg’on adabiy muhitiga mansub romantik uslub vakillaridan biri. Hayoti haqida ma’lumot topilmagan. Ijodida dunyoviy adabiyot an’analariga rioya qilgan, lirik she’rlar yaratgan. She’riyatida samimiy sevgi, axdida qatiy bulishlik, sadoqat, yaxshilikni ulug’lagan. Ma’naviy-axloqiy qashshoqlik, adolatsizlik, jabr va zulm kabi illatlarni fosh qilgan. Navoiyning “xarobot aro kirdim oshifta hol, May istarg’a ilkimda singan safol” bayti takrorlanib keluvchi tarje’bandiga tatabbu tarzida 10 ta tarje’band yozgan, she’rlariga naziralar bog’lab, buyuk o’tmishdoshining ijodiy an’analarini davom ettirgan. Vidoiyning 4 ming baytga yaqin she’rni o’z ichiga olgan devoni bizgacha yetib kelgan.