Vika

Vika (Vicia L.) — dukkakdoshlar oilasiga mansub bir va ko’p yillik o’simliklar turkumi, yem-xashak ekini. Yevropa, Osiyoning shimoliy-Sharqiy mintaqalari, shimoliy Afrika, Janubiy Amerikada tarqalgan 150 ga yaqin turi bor. 12 turi ekiladi. Ekma Vika vatukli Vika turlari don, ko’k o’t, silos, senaj olish uchun ekiladi. Ekma Vika (v. sativa) bir yillik bahori, tukli Vika (v. villosa) kuzgi ekin. Poyasi to’rt qirrali. Barglari patsimon murakkab. Gullari oq, o’zidan, ba’zan chetdan changlanadi. Mevasi (dukkaklari) yassiroq bo’lib, 4— 8 urug’li, 100 kilogramm pichanida 45,8 ozuqa birligi va 12,3 kilogramm hazm bo’ladigan protein bor. 1000 dona urug’i vazni 400-1300 gramm. Urug’i tarkibida 24-30% oqsil bor. Gektaridan 200-250 tsentner ko’k massa, 30-60 tsentner pichan, 20 tsentner don olish mumkin. Vika sug’orilganda mo’l hosil beradi. O’zbekistonda Vikaning ekiladi gan bir turi (V. faba) bokla deb ataladi. Vika tuproqda juda ko’p miqdorda azot to’playdi, shuning uchun ko’pgina ekinlarga yaxshi o’tmishdosh hisoblanadi.