Vike-Freyberga Vayra
Vike-Freyberga Vayra (1937.1.12, Riga) — Latviya Prezidenti. Yuridik fanlari Doktori, Latviya Fanlar Akademiyasi va Kanada ilmiy akademiyasi a’zosi. 1945 yildan chet elda yashagan; 1999 yildan Latviyada. Toronto universitetini (1960) va Monrealdagi Makgil universitetini (1965) tugatgan. 1954 yildan Kanada tijorat banki xodimi, Torontodagi maktabda tarbiyachi, sug’urta konfederatsiyasida tarjimon, kollejda ispan tili o’qituvchisi, kasalxonada psixolog. 1964-98 yillarda Monrealdagi universitetda lektor, assistent, professor; ayni vaqtda 1984— 89 yillarda Kanada Ilmiy kengashi vitse-raisi, Rigadagi Latviya instituti direktori. 1999 yil iyuldan Latviya Respublikasi prezidenti.