Viner (Winer) Norbert

Viner (Winer) Norbert (1894.26.11, Kolumbiya, Missuri — 1964.19.3, Stokgolm) — amerikalik matematik, kibernetika asoschisi. Dastlabki ilmiy ishlari matematika asoslari, nazariy fizika (kvant nazariyasi va nisbiylik nazariyasi) Matematik analiz va ehtimollar nazariyasiga oid. Elektron hisoblash mashinalarini ishlab chiqish va uni ballistik hisoblar uchun tatbiq qilishda qatnashdi. Viner jonli va jonsiz sistemalarni boshqarishga oid asosiy tamoiyllarning umumiyligi haqidagi g’oyani ilgari surdi. Shu tariqa fanning yangi bir sohasi kibernetika deb atala boshladi.