Vinilasetat
Vinilasetat, SN3SOOSN=SN2 -sirka kislotaning vinil efiri; rangsiz suyuqlik. Molekulyar modda 86,09, qaynash temperaturasi 73°, zichligi 934,2 kg/m3 (20° da). Oddiy organik erituvchilarda yaxshi eriydi, suvda eruvchanligi 2,0—2,4%. Sanoatda Vinilasetat palladiy tuzlari ishtirokida, kislorodli muxitda sirka kislotaga etilen ta’sir ettirib olinadi. Polimerlash yo’li bilan Vinilasetatdan plastmassa, lok, yelim va organik shisha tayyorlashda ishlatiladigan polivinilasetat olinadi.