Viraj

Viraj (Fransuzcha virer — burilmoq, tusini o’zgartirmoq) — 1) burilish; 2) uchuvchilikda (pilotajda) gorizontal tekislikda berk egri chiziq (aylana) hosil qilib uchish; samolyotni bir xilda yonga og’dirib, o’zgarmas ilgarilama tezlikda 360″ burib uchiriladi. Viraj uchuvchidan katta mahorat talab qiladi; 3) avtomobil yo’li burilishi joyi, velosiped treki, avtodrom qayrilmalarida bir tomonlama ko’ndalang nishabi bo’lgan qismi; 4) anhor, kanal, Nov va boshqalarning ravon buriladigan joyi tubidagi ko’ndalang nishablik; 5) fotografiyada — fototasvirga rang berishda ishlatiladigan eritma.