Virgin orollari

Rasmiy nomi — Virgin orollari (AQSH). Poytaxti — Sharlotta-Amaliya. Hududi — 355 km.kv. Aholisi — 121 ming kishidan ortiq (2012). Davlat tili — ingliz. Dini — xristianlik (katoliklar, baptistlar). Pul birligi — AQSH dollari.  Geografik joylashuvi va tabiati. Virgin orol­lari Shimoliy va Janubiy Amerika oralig‘ida Puerto-Riko orolidan sharqda Kichik Antil orollarining shimoliy qismida joylashgan AQSHga qarashli hudud. Virgin orollari tarkibiga 50 dan ortiq orollar kiradi. Ulardan eng yiriklari: Sent-Tomas, Sent-Jon, Santa- Kruz. Orollar ohaktoshli, shuningdek, kristalli va vulqonli dahalar ham bor.  Iqlimi — tropik. Doimiy yashil tropik o‘rmonlaming qoldiqlari bor. Qolgan hududlar qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar hisoblanadi. Hayvonat dunyosida maymuniar va kolibri, to‘ti kabi qushlar bor.  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — orollar ustidan umumiy nazoratni AQSH Ichki Ishlar vazirligi amalga oshiradi. Ijroiya hokimiyat gubernatorga tegishli, ma’muriy jihatdan 3 ta orolga bo‘lingan. Poytaxti Sharlotta-Amaliya Sent-Tomas orolida joylashgan. Siyosiy partiyalari: AQSH Demokratik va Respublikachilar partiyalarining bo‘limlari, Fuqarolar mustaqilligi harakati.  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Iqtisodining asosini chet el turizmi tashkil qiladi. Dunyodagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biri Sen-Kroa orolida joylashgan. Chorvachilik va baliqchilikni rivojlantirish uchun chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Chetdan keltiriladigan detallardan soatlar yig‘ish, oziq-ovqat mahsulotlari va rom ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Qishloq xo‘jaligida sorgo, shakarqamish, meva va sabzavotlar yetishtiriladi. Chetdan neft xomashyosi, sanoat mahsulotlari, oziq-ovqat keltiriladi. Chetga neft mahsulotlari, shakar, rom, sitrus mevalar, qahva eksport qilinadi. Asosiy savdo hamkorlari: Buyuk Britaniya, Kanada, AQSH, Puerto-Riko.

Tarixi. Kolumb ekspeditsiyasi 1493-yili orollarga kelgan. Dastlabki aholi punktlari 1625-yil Santa-Kruz orolida ingliz va fransuz mustamlakachilari tomonidan barpo qilingan. Turli vaqtlarda orollar ustidan inglizlar, fransuzlar, ispanlar o‘z nazoratini o‘rnatgan. 1733-yili orollami daniyaliklar sotib olishdi (1754-yil rasmiy ravishda Daniya mustamlakasi deb e’lon qilindi). 1672- va 1683-yillarda daniyaliklar Sent-Tomas va Sent-Jon orollarini ham mustamlakaga aylantirgan edi. Daniyaliklar hukmronligi davrida Sent-Tomas oroli savdo markaziga (shuningdek, qul savdosining ham), Sent-Jon oroli esa shakarqamish plantatsiyalariga aylantirilib, ularda qullar ishlatilgan. Qullik mavjud bo‘lgan davrda (1848-yilgacha) orolga 28 ming negr qullar keltirilgan. Daniya orollar ustidan 1917-yilga qadar (Napoleon urushlari davridagi qisqa davrni hisobga olmaganda) egalik qilib keldi. Shundan so‘ng, Daniya bu orollarni AQSHga 25 million dollarga sotdi. 1932-yili orolda yashovchilarga AQSH fuqaroligi berildi. Bu yerda AQSH harbiy bazasi qurilgan. 1973-yili Virgin orollari AQSH kongressining deputatlar palatasiga 1 ta deputat o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan. (Lekin ovoz berish huquqigi ega emas.)