Virulentlik

Virulentlik (lotincha virulentus – zaharli) — mikroorganizmlarning kasallik qo’zg’atishi. Virulentlik faqat kasallik qo’zg’atuvchi (patogen) organizmlar turlariga xos bo’lib, patogen tur bir yoki bir guruh biotiplar, o’simlik navi yoki hayvon zotida tanlab kasallik qo’zg’atish xususiyati bilan belgilanadi. Masalan, vilt kasalligini qo’zg’atuvchi vertisillium avlodiga mansub Virulentlik dahliae Kleb, zamburug’i ko’pgina ekinlar uchun virulent hisoblanib, ularning so’lishiga sabab bo’ladi. O’zbekistonda o’tkazilgan tadqiqotlar asosida tuproqda vertisillium zamburug’ining 2 irqi mavjudligi va ular, ayniqsa ekiladigan g’o’za navlari va poliz ekinlari uchun virulent ekanligi aniqlandi. Masalan, zamburug’ning 2-irqi “Toshkent” tipidagi g’o’za navlariga, 108-F, S-4727 va boshqalar navlarga, 1-irqi esa 108-F tipidagi navlarga virulentdir. Patogenning Virulentlik xususiyati o’simlikka kasallikni sun’iy yuqtirish bilan yoki tabiiy dala sharoitlarida aniqlanadi. Virulentlik organizmning qarshilik ko’rsatish qobiliyatiga bog’liq. Valeriy Senoedov.