Viskonti (Visconti) Lukino

Viskonti (Visconti) Lukino (1906.2.11, Milan – 1976.7.3, Rim) -italyan rejissyori. Qarshilik ko’rsatish qatnashchisi. Neorealizm asoschilaridan. “Yer titramoqda” filmi neorealizm cho’qqilaridan biriga aylandi. Eng yaxshi filmlari: “eng go’zal”, “Rokko va uning aka-ukalari”, “Venesiyadagi o’lim”, “Lyudvig”, “intererdagi oila portreti”, “begunoh” va boshqalar. 1945 yildan teatr rejissyori sifatida ham ishlagan. Drama va opera teatrlarida spektakllar qo’ygan (“Uch opa-singillar”, “Vanya tog’a”, “traviata”, “Trubadur” va boshqalar).