Visla qo’ltig’i
Visla qo’ltig’i – Boltiq dengi- zining Gdansk buxtasidagi sayoz qo’ltiq. Polsha va Rossiya Federatsiyasining Kaliningrad viloyati hududida. Uzunligi 90 kilometr, kengligi 2-2,5 kilometr, chuqurligi 3-5 metr. Dengizdan qumli Boltiq yoyi orqali ajralgan (uzunligi 60 kilometr), shimoli- Sharqda Gdansk buxtasi bilan bo’g’oz orqali tutashgan (kengligi 860 metr). Qo’ltiqqa Pregolya daryosi va Visla daryosi tarmog’i — Nogat quyiladi. Portlari — Kaliningrad va Baltiysk (Rossiya Federatsiyasi).