Vitim

Vitim (yuqori qismida — Vitimkan) — Sharqiy Sibirdagi Daryo, Lenaning yirik o’ng irmog’i. Ikat tizmasining Sharqiy yon bag’ridan boshlanadi. Uzunligi 1837 kilometr, havzasining maydoni 225 ming km2. Yuqori va o’rta qismida Janubi-Sharq va sharqdan Vitim yassitog’larini aylanib, quyi qismida esa Stanovoy tog’ligi va patom tog’ligi o’rtasidan oqib o’tadi. Tog’lar orasidan chiqqach, Daryo vodiysi kengayadi; quyilish joyida kattagina Delta hosil qilgan. Vitim, asosan, yomg’ir, qisman qor va grunt suvlaridan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi 1520 m3/sek. Vitim noyabr boshlaridan mayning o’rtalarigacha muzlab yotadi. Vitimda quyilish joyidan Bodaybo shahrigacha (300 kilometr) kema qatnaydi. Vitim havzasida oltin va slyuda konlari bor.