Vivipariya
Vivipariya (lotincha vivus — tirik, pario — tug’aman) — urug’ning pishib yetilmagan meva ichida ona o’simlikning o’zidan ko’karib chiqishi. O’ta nam iqlimli tropik daraxtlarning pishmagan mevalarida ildizchali murtagi — gipokotili paydo bo’ladi. Murtak uzunligi 50-70 santimetrga yetgach, uzilib, tuproqqa tushib o’sa boshlaydi. Vivipariya tashqi ko’rinishdan donli o’simliklarning ildiz hosil qilib o’sib chiqishiga o’xshaydi. Guldagi metamorfoz tufayli piyozchalar (qo’ng’irbosh) va tuganaklarni (tirik tug’ar grechixa) tez o’sib chiqib oson to’kilishi ham Vivipariya deyiladi. Bunday holat yashash muhiti juda noqulay bo’lgan qutb, baland tog’va cho’l mintaqalarida uchraydi. Vivipariya o’z mohiyatiga ko’ra vegetativ ko’payish hisoblanadi.