Vize yarusi
Vize yarusi (Belgiyadagi Vize shahri nomidai) — erta karbon davrining pastdan ikkinchi yarusi. 1882 yilda belgiyalik olim Ch. Dyupon ajratgan. Dengiz ohaktoshlari orasida turli hayvonlarning qoldiqlari (braxiopoda, goniatit va hokazolar) uchraydi. Vize yarusi jinslari Rossiya Federatsiyasi (rus platformasi, Oltoy, Sibir, Donbass, Ural), Angliya, Frantsiya, KXDR va boshqa joylarda, O’rta Osiyoda, jumladan O’zbekistonda, ma’lum. Dnepropetrovsk-Donesk, Lvov-Volin cho’kmalarida Vize yarusi jinslaridan neft, gaz, ko’mir, dolomit va boshqa konlar topilgan. O’zbekistonda Vize yarusi jinslari Chatqol-Qurama, Turkiston, Hisor tog’larida bor. Janubiy Tyanshanda neft belgilari Vize yarusi jinslaridan topilgan.