Vizir
Vizir (nemischa Visier) -1) o’q otish qurollari va asboblarning o’rtasida o’yig’i (tirqishi) bo’lgan mo’ljalga olish moslamasi; 2) fotoapparatlarga biriktirib qo’yiladigan ko’rinish qidirgich asbob; ko’rinish (tasvir)ning qaysi qismi fotoplastinkaga tushishini (sig’ishini) aniqlash uchun xizmat qiladi; 3) shamol ta’sirida samolyotning uchish yo’nalishidan og’ishini o’lchaydigan asbob; 4) geodeziya asboblarida biron bir nuqtaga yo’naltirish (vizirlash)ga imkon beradigan moslama.