Vodiy-al-araba

Vodiy-al-araba — G’arbiy Osiyodagi uzilma vodiy, Iordaniya va Isroil davlatlari chegarasida. Hor (Al-Hor) botig’ini (ulik dengizdan Janubga tomon) Qizil dengizning Aqaba qo’ltig’i botig’i bilan bog’laydi. Uzunligi 125 kilometr chamasida, kengligi 10-20 kilometr. Cho’l landshafti ustun; yog’in 100 mm dan kam, mavsumiy daryolar bor. Xurmozorli vohalar uchraydi. Vodiy bo’ylab Eylat — tel-Aviv neft quvuri o’tgan.