Vodoprovod tarmog’i

Vodoprovod tarmog’i (ruscha vodoprovod suv quvurlari), Suv quvurlari tarmogi — suv taminotining asosiy qismlaridan biri; iste’molchilarga suv yetkazib beriladigan suv quvurlari va qurilmalari majmui. Vodoprovod tarmog’i tashqi va ichki qismlarga bo’linadi. Tashqi Vodoprovod tarmog’i ko’cha (hovli) tarmog’i deb ataladi; bu tarmoq quvurlari ko’chalar, yo’llar, hovlilarda zovur qazib ko’miladi. Ichki Vodoprovod tarmog’i tashqi tarmoqdan tortib ketiladi. Ichki tarmoqqa ko’p qavatli turar joylar, xususiy uylar, jamoat binolari, korxonalarning ishlab chiqarish binolari quvurlari va boshqalar kiradi. Vodoprovod tarmog’i magistral va tarmoqlanuvchi xillarga ham bo’linadi. Magistral Vodoprovod tarmog’i suv bilan ta’minlanadigan hududning uzoqroq joylariga suv olib ketish uchun mo’ljallanadi. Tarmoqlanuvchi Vodoprovod tarmog’idan ayrim mahalliy tarmoqdarga (uylar, hovlilar, jamoat binolariga) suv beriladi. Aholi yashaydigan punktlarda yotqiziladigan Vodoprovod tarmog’idagi suv bosimi 6 atdan oshmasligi lozim.