Vokoder

Vokoder (inglizcha voill coding — tovushni kodlash)—aloqa kanalidan nutq emas, balki nutqni tahlil qilish natijasida hosil bo’ladigan signallar (kodlar) uzatiladigan telefon aloqa tizimi. Tovush signalining chastota spektrini (tovush to’lqinlari yig’indisini) qisqartirib beradi, bir normal telefon aloqa kanali o’rnida yuzdan ortiq aloqa kanali hosil qilishga imkon beradi. Vokoder asosan tovush analizatori va tovush sintezatoridan iborat. Tovush analizatori parallel ishdovchi bir necha elektr filtrdan tuzilgan. U uzatilayotgan tovush signallarining ayrim xususiy belgilarini aniqlab, ularni liniyaga uzatadi. Tovush sintezatori esa shu belgilarga qarab asosiy tovushni qayta tiklaydi. Vokoderning kamchiligi shuki, tiklangan tovush uzatilayotgan tovushga o’xshamaydi (“mexanik tovush” hosil bo’ladi). Vokoder maxsus aloqa yo’llarida qo’llaniladi. Markaziy temir yo’l vokzali (Toshkent, 2000).