VOLYUNTARIZM
VOLYUNTARIZM (lot. voluntas – iroda) — ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning obyektiv qonuniyatlariga rioya qilmasdan, jamoatchilik bilan hisoblashmasdan, o’zboshimchilik bilan siyosat yuritish, o’z xohish – irodasini hamma narsadan yuqori qo’yish. Ushbu atama 1883-yilda F.Tennis tomonidan muomalaga kiritilgan. Volyuntarizm sobiq Sho’rolar davrida keng quloch yoydi. O’zboshimchalik, xalq ommasi manfaatlariga zid qilmishlar salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi.